YOʻLDOSHLILAR

YOʻLDOSHLILAR, yuksak sutemizuvchilar (Euteria, yaʼni Placentalia) — sut emizuvchilar kenja sinfi. Haqiqiy yoʻldoshi bor; xaltasi boʻlmaydi. Embrioni bachadonda rivojlanadi. Birmuncha rivojlangan, yaʼni mustaqil sut ema oladigan bola tugʻadi. Tishlari 2 xil (sut va doimiy tishlar) boʻlib, 2-marta almashinadi. Bosh miya katta yarim sharlari yaxshi rivojlangan, soʻgal tana orqali oʻzaro birlashgan. 18 ta: hasharotxoʻrlar, junqanot-lilar, qulqanotlilar, primatlar, chalatishlilar, pangolinalar, tovush-qonsimonlar, kemiruvchilar, kitsimonlar, yirtqichlar, kurakoyoqlilar, nayburunlilar, xartumlilar, damanlar, sirenlar, soʻgaloyoqlilar (baʼzan juft tuyoklilarga kiritiladi), toqtuyoqlilar, jufttuyoqlilar turkumi bor.


Lotin alifbosida maqola: YOʻLDOSHLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Abdulhay Karimov - To’y bola
BOSH MIYA
TISH
PRIMATLAR
ODAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты