YOʻL-YOʻL KITLAR

YOʻL-YOʻL KITLAR (Balaenopteidae) — kitlar turkumining bir oilasi. Tishsiz (moʻylovli) kitlar kenja turkumiga mansub. Tomogʻi va qornida tana boʻylab uzunasiga ketgan 12 dan 114 tagacha teri burmalari (yullar) joylashgan (nomi shundan olingan). Kit ogʻzini ochganda teri burmalari yoyilib, ogʻiz boʻshligʻi kengayadi, bu esa koʻp oziq tutishga yordam beradi. Tanasining uz. 7,5 m dan (kichik Y.-y. k.) 33,3 m gacha (koʻk kit). 6 turi: koʻk kit, finval, seyval, brayd, kichik va bukri kit turlari bor. Ogʻzining har tomonidan 270 — 430 ta shox plastinka (kit moʻylovlari) joylashgan. Ular yordamida Y.-y. k. suvdan mayda organizmlarni suzib oladi. Y.-y. k. barcha okeanlarda keng tarqalgan. 2—3 yoshida voyaga yetadi. Faslga qarab turar joyi oʻzgarib turadi. Boʻgʻozlik davri bir yilcha. 2—2,5 yilda bitta bola tugʻadi. Bolasi onasidan 4-marta kichik. Bolasini 8 oy emizadi. Bu kitlarning iqtisodiy ahamiyati katta. Mac, 1 ta koʻk kit 20 t moy, 30—40 t goʻsht, 1 t jigar va b. mahsulotlar beradi. Hoz. Y.-y. k. soni keskin kamayib ketganligi tufayli ularni ovlash taqiqlangan.


Lotin alifbosida maqola: YOʻL-YOʻL KITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TISHSIZ KITLAR
TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты