YOʻLOʻTAN

YOʻLOʻTAN — Turkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1939-y. dan). Yoʻloʻtan tumani markazi. T. y. stansiyasi. Murgʻob daryosining quyi oqimida, Mari sh. dan 61 km jan. da, Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi t. y. stansiyasi. Aholisi 27 ming kishi (1999). Yoʻloʻtan 1939-y. gacha t. y. stansiyasi yonidagi aholisi, asosan, savdo-sotiq bilan shu-gʻullanadigan qishloq boʻlgan. 1940—60 y. larida Yoʻloʻtan yaqinida Sariyozi suv om-bori qurilgan. Shaharda paxta tozalash z-di, trikotaj, ip yigiruv f-kalari, sut z-di, mol fermalari bor. Paxta urugʻchiligi va seleksiyasi boʻyicha ilmiy tadqiqot inti faoliyat koʻrsatadi. 6 umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona, maishiy xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari bor.


Lotin alifbosida maqola: YOʻLOʻTAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TOSHKENT VILOYATI
ANDIJON VILOYATI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты