XALQ KUYLARINI QAYTA ISHLASH

XALQ KUYLARINI QAYTA ISHLASH — professional musiqa — bastakorlik va kompozitorlik ijodiyoti sohasi, muayyan janr. Koʻp ovozli musika zaminida aranjirovka, garmoniyalashga. qisman yaqin, lekin usluban birmuncha murakkab. Kompozitorlik maktablari shakllanishida Xalq kuylarini qayta ishlash muhim ahamiyatga ega boʻlib, dastlabki bosqich vazifasini bajaradi, zero milliy musiqa uslublarini oʻzlashtirishda ijodiy lab. vazifasini oʻtaydi (Komitas, U. Hojibekov, 3. Paliashvili, M. Glinka, E. Grig, N. Lisenko, B. Bartok, J. Gershvin, S. Prokofyev, L. Yanachek va b.).

Oʻtmish oʻzbek musiqa ijrochiligi va ijodiyoti oʻzgaruvchanlik, ogʻzakilik kabi omillarga asoslangan boʻlib, unda xalq hamda mumtoz cholgʻu kuy yoki ashula yoʻllarining variantlarini yaratish keng urin olgan. Mazkur anʼanani bastakorlik ijodiyotining tarkibiy yoʻnalishiga aylantirib, T. Jalilov, Yu. Rajabiy va b. ijodkorlar Xalq kuylarini qayta ishlashning monodiya zaminidagi yetuk namunalarini yaratishgan.

Kompozitorlar ijodidan Xalq kuylarini qayta ishlash katta oʻrin olib, Oʻzbekistonda musiqali drama, opera, balet, simfonik musika, kantata, oratoriya, kamer musiqa janrlari oʻzlashtirilishida muhim omil boʻldi. Bu sohadagi dastlabki tajriba (19-a. oxiri — 20-a. boshlarida N. Klenovskiy, F. Leysek, N. Mironov, K. Abdullayev, 3. Maqsudov va b. yaratgan asar) larda kompozitorlar oʻzbek musiqa merosi xususiyatlarini singdirisholmadi. 1920—30 y. larda V. Uspenskiy boshka kompozitorlar kabi xalq qoʻshiqlari («Zarkokil», «Chamanda gul» va b.), «Farxrd va Shirin» musiqali dramasida murakkab ashula hamda maqom yoʻllari («Naylaram», «Chorgoh» va b.)ni tintlovchilarga moʻljallab qayta ishlashda kup ovozli musiqa vositalari (ayniqsa, garmoniya imkoniyatlari)dan cheklangan holda foydalangan. Faqat 30-y. larning 2-yarmida A. Kozlovskiy 4 ta fargonacha («Tanavor», «Oʻzgancha», «Figon» va «Gul yuz uzra») ashulani ovoz va simfonik orkestr uchun qayta ishlab, kup ovozli musiqa vositalarini keng tatbiq etdi (ayniqsa, «Tanavor»da), badiiy yetuk natijalarga erishdi. G. Mushel 1941-y. «55 oʻzbek xalq qoʻshigʻi» toʻplamini yaratdi. Xalq kuylarini qayta ishlashda yangi bosqich 50-y. larda M. Burhonovnit joʻrsiz xorga moʻljallangan oʻzbekcha «Endi sandek», «Ganji Qorabogʻ», tojikcha «Sari koʻhi baland», uygʻurcha «Sayra», qoraqalpoqcha «Bibigul» kabi qayta ishlangan qoʻshiqlari bilan boshlandi. Ularda monodiya va koʻp ovozli musika anʼanalari uzviy bogʻlangan. Keyingi yillarda xalq kuylariga asoslangan jursiz xorlar Ik. Akbarov, S. Boboyev, B. Umidjonovlar ijodida rivojlandi. B. Nadejdin, T. Sodiqov, B. Giyenko, M. Leviyev, D. Zokirov, S. Jalil va b. kompozitorlar xalq kuylarini turli ijrochi (yakka soz, yakxa soz va fortepiano, ansambl va orkestr) lar uchun qayta ishlashgan.

Ad.: Gafurbekov T., Folklornыye istoki uzbekskogo professionalnogo muzыkalnogo tvorchestva, T., 1984.

Toʻxtasin Gʻafurbekov.


Lotin alifbosida maqola: XALQ KUYLARINI QAYTA ISHLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XALQ IJODI
RAJABIYLAR
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты