YOʻSINSIMONLAR

YOʻSINSIMONLAR, moxsimonlar (Briopsida) — yuksak oʻsimliklarning bir boʻlimi. Baʼzi olimlar arxegonial oʻsimliklar sinfi deb hisoblaydi. Yoʻsinsimonlarda chin ildiz va oʻtkazuvchi toʻqima boʻlmaydi. Tuban Yoʻsinsimonlar tallomli, birmuncha murakkablari esa poya va bargli. Yoʻsinsimonlarda yashil oʻsimlik jinsiy boʻgʻin gametofit, jinssiz boʻgʻin sporofitdan ustunlik qiladi. Jinsiy urchish anteridiy va arxegoniy yordamida sodir boʻladi. Anteridiyda hosil boʻlgan 2 xivchinli spermatozoid suv orqali harakatlanib, arxegoniy tomonga intiladi va tuxum hujayrani urugʻlantiradi. Urugʻlangan tuxum hujayra (zigota) rivojlanib, sporangiy hosil qiladi.

Yoʻsinsimonlar paleozoy erasidan maʼlum. Suvoʻtlarning qadimiy vakillaridan kelib chiqqan. Ikkita sinfi — jigarsimon (Hepaticae) va yaproqsimon (Musci) yoʻsinlar bor. Yer yuzida 40000 ga yaqin turi maʼlum. Yoʻsinsimonlardan torf hosil boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: YOʻSINSIMONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HUJAYRA
URUGʻLANISH
NASL ALMASHINISHI
HUJAYRA NAZARIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты