YOʻTAL

YOʻTAL — murakkab reflektor holat, ixtiyoriy yoki gʻayriixtiyoriy ravishda tez nafas chiqarish harakati; nafas aʼzolarining himoyalanish-tozalanish reaksiyalaridan biri. Yoʻtal markaziy nerv sistemasi (Y. markazi uzunchoq miyada joylashgan) tomonidan idora etiladi. Nafas yoʻllari va oʻpka yalligʻlanganda, shuningdek, nafas yoʻllariga chang, toʻzon va b. yot narsalar tushganida Yoʻtal paydo boʻladi. Baʼzan nafas yoʻllari shilliq qavatining «qichishishi»dan yoki bezovtalanish va zoʻriqishdan (asabiylashish tufayli) Yoʻtal yuzaga keladi. Yoʻtal vaqtida, avvalo chuqur nafas olinadi, soʻng nafas muskullari taranglashadi, hiqildoqsagi ovoz yorigʻi esa berkiladi — koʻkrak boʻshligʻida yuqori bosim vujudga keladi. Shundan keyin toraygan ovoz yorigʻi orqali kuchli havo oqimi yuqori bosim b-n ketma-ket tashqariga otilib chiqadi va, ayni vaqtda, u oʻpkadan balgʻam yoki yot zarralarni ilashtirib haydab keladi.

Yoʻtal uzun-qisqaligiga qarab xurujli (koʻkyoʻtalda), davriy (bronxitda), toʻxtovsiz, qisqa (plevritda); tovushiga koʻra — xirillagan (hiqildoq shikayet langanda va isteriya vaqtida), boʻgʻiq (tovush boylamlarining yalligʻlanishi va yaralanishida); balgʻam hosil boʻlishiga qarab — hoʻl (balgʻam keladi) va quruq boʻladi. Yoʻtal tez va qattiq tutganda koʻkrakni ogʻritishi, bemorni halloslatishi va hatto uyqu bermasligi mumkin. Mudom va bot-bot Yoʻtal tutishi oʻpka emfizemasi, yurak-oʻpka yetishmovchiligiga olib keladi. Yoʻtalni bartaraf etish uchun vrachga murojaat qilish lozim.

Davolash. Asosan, Yoʻtalga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, balgʻam koʻchiradigan, yoʻtal markaziga taʼsir etadigan dorilar beriladi. Quruq Yoʻtalda ogʻriqni va Yoʻtalni qoldiruvchi doridormonlar tavsiya etiladi. Vrach tavsiyasiga koʻra, tomoqqa, koʻkrak sohasiga gorchichnik qoʻyiladi, issiq sutga asal qoʻshib ichiriladi, dorili ingalyatsiya qilinadi. Yoʻtal koʻkyoʻtal, gripp va b. infeksion kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin, shu sababli, yoʻtalganda ogʻizga dastroʻmol tutish zarur (uni tez-tez yuvib, dazmollab turish kerak).


Lotin alifbosida maqola: YOʻTAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
NERV SISTEMASI
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты