YOʻQLOV

YOʻQLOV, joʻqlov , yoʻqlandi — qarindosh-urugʻ, doʻst-tanishlarning maʼlum munosabat bilan hol-ahvol soʻrash, qutlash uchun bir-birinikiga borish odati. Yoʻqlov kishilarni qadr-oqibatga oʻrgatadigan milliy anʼanadir. Yoʻqlovning baʼzi xillari: kelinni yoʻqlash — qiz uzatilgach, 7—8 kun oʻtgandan soʻng uning opa-singil, kelinoyilari maxsus dasturxon tayyorlab, kelinni yoʻqlaydilar. Farzand koʻrgan ayolni Yoʻqlovda maxsus tayyorlangan dasturxon ustiga kiyimlik, chaqaloqqa kiyim-kechak qoʻyib boriladi. Safardan qaytganni Yoʻqlovda haj, uzoq savdo safaridan, armiya, oʻqish, kurort yoki sayohatdan qaytib kelgan kishini yoʻklab boriladi. Yoʻqlovning turlaridan biri bemorni kasalxonaga yoki uyga borib yoʻqlashdir. Yoʻqlov bilan borganlar aziz mehmonlar sifatida kutiladi, ziyofat bilan kuzatiladi (bemorni Yoʻqlov bundan mustasno). Oʻzbekistonning ayrim tumanlarida, asosan, chorvachilik bilan shugʻullanib kelgan koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi aholi oʻrtasida vafot etganlarni eslab yigʻlash (joʻqlov) saqlanib qolgan. Yoʻqlovda vafot etgan odamning qarindosh-urugʻlari qayerda yashamasin, oʻlim xa-barini eshitgach, jonliq (qoʻy, echki) olib, musibatxonani yoʻklab eshikdan aza toʻrtliklarini aytib, yigʻlab kiradi. Baʼzi joylarda yigit oʻlgan boʻlsa, ot yasatiladi, marhumning kiyimlari ot ustiga qoʻyilib, ayollar uning atrofida yigʻlab, marhumni yoʻklaydilar. Marhumga qilinadigan Yoʻqlov larning Oʻrta Osiyo iklim sharoitiga moslashtirilganlari ham koʻp. Mac, laylak kelganda, birinchi qor yoqqanda (qoryogʻdi), oʻrik gullaganda, gullar ochilganda, tut pishigʻida, qovun-uzum pishigʻida va b. vaqtlarda ham marhumni eslab turish odat boʻlgan. Bu odatlarning aksariyati islomgacha boʻlgan eʼtiqodlarning qoldiklaridir.


Lotin alifbosida maqola: YOʻQLOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
XITOY
TOSHKENT
HINDISTON
KOʻCHMANCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты