YABLONOVIY TIZMASI

YABLONOVIY TIZMASI — Markaziy Baykalortidagi togʻ tizmasi (RF Chita viloyati, qisman Buryatiya Respublikasida). Yablonoviy tizmasi jan. gʻarbdan shim. sharqqa 650 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 1680 m. Tizma baykal burmalanishi davrida shakllangan, paleozoy davri slaneslari, qumtoshlar, granit va boshqalar togʻ jinslaridan tashkil topgan. Muzloq tayga va chimli podzol tuproqlarda tilogʻoch, qora qaragʻay, kedr daraxtlari oʻsadi, jan. yon bagʻri esa qora qaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. 1200—1400 m. dan baland suvayirgʻich qismlari togʻtundra oʻsimliklari va qurumlar bilan band.


Lotin alifbosida maqola: YABLONOVIY TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
YER
BURYATIYA
YEVROPA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты