XALQ TAʼLIMI

XALQ TAʼLIMI — mamlakatda tarbiyaviy, oʻquv va madaniymaʼrifiy muassasa va tadbirlar tizimi hamda ularni boshqarish organlari. Xalq taʼlimi tushunchasi 20-a. ning 80-y. larida oʻzbek tili leksikasidan oʻrin oldi. Ungacha «xalq maorifi» atamasi qoʻllanilgan boʻlib, u kishilarning bilimi va ongini oshirish, umumiy saviyasini koʻtarishga qaratilgan taʼlimtarbiya tarzida, nisbatan torroq maʼnoda qoʻllanilgan. «Xalq taʼlimi» atamasi ilmfan yoki kasb-hunar sohalari boʻyicha egallanishi zarur boʻlgan maʼlumot va koʻnikmalar majmuini, taʼlimtarbiya, axloqodob, koʻrsatma, bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, yoʻlyoʻriq oʻrgatish tushunchalarini kamrab oladi. Bu atama zamirida mamlakat fuqarolarini nafaqat maʼrifatli, savodli qilish, balki ularga taʼlimtarbiya berish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ham qamrab olinadi. Davlat taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalari, taʼlim tizimining faoliyat koʻrsatishi hamda rivojlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiypedagogik muassasalar, taʼlim sohasidagi davlat boshqaruv organlari hamda ularga karashli korxona, muassasa, tashkilotlarni oʻz ichiga kamrab oladi. Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining bosh maqsadi — maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat boʻlib, u insonparvarlik va demokratik xarakter kasb etadi. OʻzR ning 1997-y. 29 avg. da qabul qilingan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi X. t. tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Krnun va dasturda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, uzluksiz taʼlim taʼriflanib, uning asosiy vazifasi belgilab berilgan. Xalq taʼlimi maktabgacha taʼlim, umumiy urta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim turlarini kamrab oladi. Xalq taʼlimining umumiy oʻrta turi (9 y.) majburiy, oʻrtamaxsus, kasb-hunar taʼlim turi (3 y.) esa ixtiyoriy-majburiydir.

Koʻp mamlakatlarda Xalq taʼlimining asosiy tizimi boshlangich taʼlim hisoblanadi va u 4 y. dan 9 y. gacha davom etadi. Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining dastlabki boskichi maktabgacha taʼlim xisoblanadi. Maktabgacha taʼlim bola shaxsini ruhan va jismonan sogʻlom, yetuk tarzda, maktabda oʻqishga tayyor holda shakllantirishni nazarda tutadi. Bu taʼlim 6 — 7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchalari va mulk shaklidan qatʼi nazar, boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Xalq taʼlimining umumiy oʻrta turi boshlangʻich taʼlim (1 — 4-sinflar) va umumiy taʼlim (5—9-sinflar)ni kamrab oladi. Boshlangich taʼlim toʻrt yillik boʻlib, u umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlangʻich taʼlimning 1-sinfiga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi. Xalq taʼlimining umumiy taʼlim bosqichida ham bilimlar davlat taʼlim standartlarida belgilangan hajmda beriladi. Umumiy oʻrta taʼlim (1 — 9sinflar)da oʻquvchilarning mustaqil fikrlashi, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyati rivojlantiriladi, ularning tafakkur va faoliyatidagi erkinligi, mustaqilligi taʼminlanadi. Xalq taʼlimining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi turida taʼlim olish ixtiyoriymajburiy tarzda amalga oshiriladi. Umumiy Urta taʼlimni yakunlagan oʻquvchi bilim olishni taʼlimning maʼlum yoʻnalishini chuqur oʻzlashtirish uchun akademik litsey yoki umumiy oʻrta taʼlimni maʼlum kasb-hunar bilan bogʻlab oʻrganish maqsadida kasb-hunar kollejidi ixtiyoriy ravishda davom ettirishi zarur. Xalq taʼlimining oliy taʼlim bosqichi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydi. Oliy taʼlim universitet, oʻquv akademiyasi, intlarda urta maxsus, kasb-hunar taʼlimi negizida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim olish ixtiyoriy bulib, taʼlim muddati kamida 4 y. dan iborat boʻlgan bakalavriat hamda oʻqish muddati kamida 2 y. dan iborat boʻlgan magistratura boskichida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiypedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga qaratilgan taʼlim turi hisoblanadi. U oliy oʻquv yurti va i. t. institutlarida aspirantura, adyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik shaklida amalga oshiriladi. Xalq taʼlimining kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turi mutaxassislarning kasb bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni nazarda tutadi. Xalq taʼlimining maktabdan tashqari taʼlim turida bolalar va oʻsmirlarning yakka tartibdagi qiziqish va ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqgi va dam olishini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan madaniyestetik, ilmiy, texnikaviy, sport kabi yoʻnalishlarda makgabdan tashqari davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish nazarda tutiladi.

Xalq taʼlimini boshqarishning markazlashgan, markazlashmagan va aralash turlari mavjud. Markazlashgan boshqaruvda taʼlimtarbiya jarayonini boshqarish taʼlim vazirligi hamda uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruvning bunday shakli Fransiya, Italiya, Belgiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yoʻlga qoʻyilgan. Bu mamlakatlarda davlat maktablarning moddiy taʼminoti bilan shugullanadi, ularni dastur, darslik, metodik va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlaydi, maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatni olish uchun yagona talablarni belgilaydi, oʻqituvchilarni tanlash hamda tayyorlash ishlari bilan shugʻullanadi. Markazlashmagan boshqaruvda taʼlimni boshqarish joylardagi maʼmuriy organlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktablar taʼminoti aholi zimmasida boʻladi. Davlat tomonidan maʼlum vazifalar, baʼzi hollarda qisman moliyaviy ehtiyojlarni qondirish ishlari amalga oshiriladi. Bunday tur Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya va AQSHda tashkil etilgan. Mas, AQSHda har bir shtatning taʼlim boʻyicha oʻz qonunlari mavjud. Boshqaruvning aralash turida taʼlimtarbiya jarayonining barcha ishlari markaziy va mahalliy hokimiyat organlari hamkorligida amalga oshiriladi. Hindiston, Pokiston, Yangi Zelandiya mamlakatlarida taʼlimni boshqaruv shu tarzda amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonda Xalq taʼlimi tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yoʻli bilan boshqariladi va markazlashgan holda demokratik tarzda olib boriladi. Barcha darajadagi taʼlim boshkaruv organlarining vakolat doiralari OʻzRning «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni (1997)ga muvofiq belgilanadi. Xalq taʼlimini moliyalash respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari, shuningdek, byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. 2002/03 oʻquv yili boshida Oʻzbekistonda 9799 umumiy taʼlim maktabi (6 mln. 329,1 ming oʻquvchi), kunduzgi umumiy taʼlim maktablari negizida 288 litsey (88,9 ming oʻquvchi) va 103 gimnaziya (65,7 ming oʻquvchi), 141 maxsus oʻquv yurti (158,5 ming oʻquvchi), 62 oliy oʻquv yurti (232254 talaba) faoliyat koʻrsatdi (yana q. Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Savodlilik, Taʼlim, Taʼlimning milliy modeli).

Ad. Karimov I. A., Barkamol avlod — Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori, T., 1997; Barkamol avlod orzusi, T., 2000; Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek pedagogikasi tarixi, T., 1997; Yoʻldoshev J. F., Taʼlimimizistiqloli yoʻlida, T., 1996; Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi [Tuzuvchilar: K. Hoshimov, S. Ochil], 1, 2j. lar, T., 1995, 1999.

Qunduzxon Husanboyeva.


Lotin alifbosida maqola: XALQ TAʼLIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
GERMANIYA
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты