XALQ TAʼLIMI RAHBAR XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH MARKAZIY INSTITUTI

XALQ TAʼLIMI RAHBAR XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH MARKAZIY INSTITUTI, Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi rahbar xodimlari malakasini oshirish markaziy instituti — Oʻzbekistondagi eng yirik oʻqituvchilar malakasini oshirish inti. 1934-y. 4-mayda Xalq taʼlimi kadrlari malakasini oshirish inti nomi bilan tashkil topgan. 1941 — 64 y. larda Respublika oʻqituvchilar malakasini oshirish inti, 1964-y. dan Oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markaziy inti, 1992-y. dan xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish markaziy inti, 2001-y. dan xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish inti deb atalgan. 2004-y. 10 dek. dan hoz. nomda. Intga Abdulla Avloniy nomi 1992-y. da berilgan. Intning asosiy vazifasi xalq taʼlimi rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishdir.

In-t Oʻzbekistonda xalq taʼlimi tizimi rahbar hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu masalalar boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrganish oʻquvmetodik markazi hisoblanadi. Int respublikadagi pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish intlarining oʻquvmetodik hamda ilmiy faoliyatlarini muvofikdashtiradi. Oʻz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha ilmiy, metodik qoʻllanma, tavsiya va axborotnomalar tayyorlaydi va nashr etadi. Xalqaro hamda xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Intda 1992-y. dan ilmiy kengash va 1998-y. dan aspirantura faoliyat koʻrsatadi.

In-tda 7 kafedra, 5 boʻlim, masofadan oʻqitish markazi, oʻqituvchilar uyi, sanatoriyprofilaktoriy mavjud. Intda 5 fan dri va prof., 16 fan nomzodi va dotsent ishlaydi (2004). Intda har yili 4500 ga yaqin xalq taʼlimi rahbar va pedagog xodim oʻz malakasini oshiradi. Malaka oshirish kursini tugatganlarga kureni tugatganligi toʻgʻrisida OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma topshiriladi. Saidqosim Usmonov.


Lotin alifbosida maqola: XALQ TAʼLIMI RAHBAR XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH MARKAZIY INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты