YABLONOVSKIY Nikolay Mixaylovich

YABLONOVSKIY Nikolay Mixaylovich (1908.20.12, Don viloyati Morozov st-yasi — 1971.1.1, Toshkent) — pianinochi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskva konservatoriyasini (1934), uning Oliy mahorat maktabini (1936) tugatgan. 1938-yildan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1952-yildan prof.), kamer xonandalik sinfining tashkilotchisi, kamer musiqa kafedrasi mudiri (1954 — 71); shuningdek, Oʻzbekiston radioqoʻmitasi va Oʻzbek davlat filarmoniyasida yakkaxon sozanda boʻlgan. Yablonovskiy, ayniqsa, qadimiy klavesin musiqasi hamda Gaydn, Motsart, Shopen, List, Ravel, Debyussi, Musorgskiy, Stravinskiy va boshqalarning fortepiano asarlarini mohirona talqin etgan.


Lotin alifbosida maqola: YABLONOVSKIY Nikolay Mixaylovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
MUSIQA
ROSSIYA
RAJABIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты