XALQARO ASTRONOMIYA ITTIFOQI

XALQARO ASTRONOMIYA ITTIFOQI — Xalqaro ilmiy jamiyat. Jahondagi astronomik muassasalar, rasadxonalar, intlarning harakati bilan 1919-y. tashkil etilgan. Unga 70 davlat aʼzo. Oʻzbekiston 1998-y. dan aʼzo. Asosiy vazifalari: astronomiyaning barcha sohalarini rivojlantirishga yordam koʻrsatish; astronomik tadqiqotlarda ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; astronomiya fani manfaatlarini boshqa xalqaro tashkilotlarda himoya qilish. Xalqaro astronomiya ittifoqi ish organlari ijroiya qoʻmitasi va astronomiyaning alohida muammolari bilan shugʻullanuvchi 37 ta qoʻmitasidan iborat 7 ta boʻlimni oʻz ichiga oladi. Qoʻmitalari, asosan, xalqaro konferensiya, simpozium va b. ni tashkil qilish yoʻli bilan muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. Umumiy ishni Xalqaro astronomiya ittifoqi Bosh assambleyasi boshqaradi; u har 3 yilda bir marta yigʻiladi. Bosh assambleya umumiy yigʻilish va majlislarida astronomiyaning eng dolzarb masalalari toʻgʻrisidagi maʼruzalar tinglanadi, astronomik kuzatishlar hisobotlari tasdikdanadi va yangi tadqiqotlar dasturlari taklif kilinadi.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO ASTRONOMIYA ITTIFOQI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты