XALQARO BIRLIKLAR TIZIMI

XALQARO BIRLIKLAR TIZIMI (SI — Sisteme Internationale) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. Oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11Bosh konferensiyada qabul qilingan (1960). Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — sekund (s), termodinamik tra birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modsa mikdori — mol (mol). Koʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy ulchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqdanadi. Bunda koeffitsiyent ulchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.

Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar ulchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliʻgi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik tra, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari moye ravishda L, M, T, I, Q, J, L^orkali ifodalanadi.

Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimida mexanik, issiklik, elektr, magnit va b. kattaliklar oʻzaro bogʻlangan buladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO BIRLIKLAR TIZIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YORUGʻLIK
FIZIKA
TOSHKENT
YER
VAQT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты