XALQARO VALYUTA FONDI, XVF

XALQARO VALYUTA FONDI, XVF (IMF; International Monetary Fund) — BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944-y. da BrettonVuds (AKSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (q. BrettonVuds bitыmi). 1947-y. mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish; xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish; koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish; aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish. XVF jahon valyutalari monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar urtasida tashkiliy toʻlov tizimi faoliyatiga yordam beradi, toʻlov balansida chuqur taqchilikka uchragan, shuningdek, oʻz valyutasining toʻliq konvertatsiyasiga erishmoqchi boʻlgan mamlakatlarga karz beradi. XVF kapitali aʼzo mamlakatlar toʻlaydigan va ularning har biri uchun belgilangan kvotaga muvofiq badallar xisobidan tashkil topadi.

1998-y. boshida XVF kapitali 199 mlrd. dollarni tashkil qiddi. AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning oʻsishi yangi aʼzolarning badal puli va kreditlarga toʻlangan foizlar xisobiga yuz beradi.

Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qoʻmita. Boshqaruvchilar kengashi — oliy organ boʻlib, har bir aʼzo — mamlakat tomonidan 5 y. ga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning oʻrinbosarlari (odatda, aʼzo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki boshkaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yigʻiladi. Muvaqqat qoʻmita XVFning 24 boshqaruvchisidan iborat boʻlib, bir yilda 2-marta yigʻiladi va Boshqaruvchilar kengashi oldida xisob beradi. XVFning ijroiya organlari — Ijroiya kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega boʻlgan mamlakatlar tomonidan tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya kengash majlislari har haftada 3-marta oʻtkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorii saylaydi. XVF kapitalida kvotasini hisobga olgan holda 7 ta rivojlangan mamlakatlarga ovozlarning 45%, shu jumladan, AQSH ga 18% toʻgʻri keladi. bir necha turlarga boʻlinadi. XVFning oddiy krediti toʻlov balansidagi vaqtinchalik tangliklarni bartaraf etish maqsadlarida 1 y. gacha muddatga SDRrya beriladi (uni 4—5 yilgacha choʻzish imkoniyati bilan). Katta mikdordagi kreditlar foiz bilan «STEND Bay» shartnomasini tuzgan mamlakatlarga XVF barqarorlashtirish dasturi bajarilishiga qarab ajratiladi.

1991-y. Oʻzbekistonning oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritish boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar qatorida «Oʻzbekiston Respublikasining Xalk,aro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, InvestiSiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama Agentlikka aʼzoligi toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul kilinishi mamlakatimizni XVFga teng huquqli aʼzo boʻlib kirishi uchun huquqiy asos boʻldi. 1992-y. 27 apr. da Oʻzbekiston XVF aʼzoligiga qabul qilindi va Toshkent sh. da uning vakolatxonasi ochildi.

1998-y. 18-martda OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha choratadbirlar toʻgʻrisida» qarori qabul qilindi va respublikaning 2002-y. da Oʻzbekiston Hukumati va XVF oʻrtasida Memorandum imzolandi. 2003-y. ning iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan «Joriy xalkaro operatsiyalar boʻyicha milliy valyutani erkin ayirboshlash boʻyicha harakat rejasi» ishlab chiqildi va u XVFga taqsim etildi. 2003-y. ning 15 okt. da Oʻzbekiston Respublikasi XVF Bitimining 8moddasiga imzo chekdi va milliy valyuta — soʻmni joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha chet el valyutalariga erkin ayirboshlashni taʼminlash boʻyicha majburiyatni qabul qiddi.

Xoʻjayor Shennayev.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO VALYUTA FONDI, XVF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
YAPONIYA
BANKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты