XALQARO GEOLOGIK KONGRESSLAR

XALQARO GEOLOGIK KONGRESSLAR — geologlar ilmiy birlashmasi (IUGS)ning har 3—4 yilda bir marta oʻtkaziladigan xalqaro anjumani. Xalqaro geologik kongresslarga 141 davlat geologlarining milliy qoʻmitalari (jumladan, Oʻzbekiston geologlari Milliy qoʻmitasi) hamda 38 ga yaqin Yer haqidagi fanlarning tor mutaxassisliklari boʻyicha Xalqaro geologik uyushma va tashkilotlari aʼzo. Xalqaro geologik kongresslarning asosiy vazifasi — Yer haqidagi fanlar boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlarga yordam berish; mineral xom ashyo turlariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish va xom ashyo bilan taʼminlash yoʻllarini ishlab chiqish; konlarni oʻzlashtirish; ichimlik suvi muammolari; zilzilashunoslix va b. boʻyicha maʼlumotlar va tajriba almashishdan iborat. 1875-y. da qabul qilingan Nizomga muvofiq, Xalqaro geologik kongresslar har safar navbat bilan turli mamlakatlarda oʻtkaziladi. 2004-y. gacha jami 32 ta kongress boʻlib oʻtgan; ilk bor 1878-y. Parijda — navbatdagi soʻnggisi 2004-y. Florensiya (Italiya) sh. da boʻlib oʻtdi. Har bir sessiya muayyan ilmiy mavzuga bagʻishlanib, asosan, ingliz tilida olib boriladi. Unda eng yaxshi ilmiy ish uchun Spendiarov mukofoti (1897-y. Rus geologi L. A. Spendiarov xotirasiga taʼsis etilgan) beriladi. Anʼanaga koʻra, bu mukofot sohibi kongress oʻtkazilayotgan mamlakatning eng iqgidorli yosh olimi boʻlishi kerak.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO GEOLOGIK KONGRESSLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
YER
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты