YAVORSKIY Yevgeniy Grigoryevich

YAVORSKIY Yevgeniy Grigoryevich (1909.16.2, Simferopol 1971.14.11, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1952). Ijodiy faoliyatini 1926 yil Simferopol drama teatrida boshlagan. 1934—58 yillar (orada tanaffuslar bilan) Turkiston harbiy okrugi teatri, 1958-yildan M. Gorkiy nomidagi Toshkent rus akademik drama teatrida aktyor. Ya. yorqin, oʻtkir xarakterli komik aktyor sifatida tanilgan, lekin lirikdramatik rollar ham unga yaqin boʻlib, «kichik odamlar» obrazlarini meʼyoriga yetkazib ijro etgan. Rasplyuyev («Krechinskiy toʻyi»), Bartolo («Telba dunyo yoki Figaroning uylanishi»), Shmaga («Aybsiz aybdorlar»), Ser Endryu («Oʻn ikkinchi kecha»), Robinzon («Sepsiz qiz»), Martin («Koʻza koʻtargan qiz»), Poloniy («Hamlet»), Sorin («Chayka»), Akim («Zulmat hukmronligi») kabi rollari bilan shuhrat qozongan.


Lotin alifbosida maqola: YAVORSKIY Yevgeniy Grigoryevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
XALQ IJODI
FRANSIYA
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты