XALQARO IQTISODIY HAMKORLIK

XALQARO IQTISODIY HAMKORLIK — xalqaro iktisodiy munosabatlarning muhim koʻrinishlaridan biri. Jahon xujaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati ortib boradi. Uning asosiy subyektlari — davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iktisodiy tashkilotlar hisoblanadi. 20-a. ning 80-y. laridan eʼtiboran, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik doirasi kengayib, iqtisodiy munosabatlarni keng koʻlamda qamrab oddi, tashki va xalqaro savdo, kredit munosabatlari, valyuta va toʻlov — hisobkitob sohasi, migratsiya va kapital chiqarish, mintaqaviy integratsiya, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va kreditmoliya intlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiytexnika va i. ch. sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik uning subyektlari iktisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida roʻyobga chikdrishning eng maqbul yoʻli hisoblanadi. Jahon davlatlari oʻzlarining tub ichki manfaatlarini amalga oshirish maqsadida, ijtimoiyiqgisodiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning muayyan yoʻnalishlarida faollik koʻrsatadilar. Mas, sanoati rivojlangan mamlakatlarning axborot texnologiyalari savdosida, xalqaro valyutakredit va moliyaviy intlar faoliyatida yuqori mavqe bilan ishtiroki kuzatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ishchi migratsiyasi, kapital kiritish, investitsiyey tovarlar importi yoʻnalishlariga ustuvorlik beradilar.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida jahon xoʻjaligiga chuqurroq integratsiyalashish maqsadida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik bir necha yoʻnalishlarida rivojlantirilmoqda. Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish, mintaqaviy iqtisodiy birlashmalar bilan hamkorlik qilish shular jumlasidandir. Keyingi yillarda Oʻzbekiston ishchi kuchini eksport qilish borasida ham xorij mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda (yana q. Xalqaro mehnat taqsimoti, Tashqi savdo).

Nemat Xolmatov.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO IQTISODIY HAMKORLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты