YAGAYLO

YAGAYLO, Yogayla (taxm. 1350— 1434.1.6) — Litva buyuk knyazi (1377— 92, tanaffuslar bilan), Polsha qiroli (Vladislav II Yagello nomi bilan, 1386-yildan) yagellonlar sulolasi asoschisi. Olgerdning oʻgʻli, Gediminning nabirasi. 1380 yil Moskva ulugʻ knyazligiga qarshi Oltin Oʻrda bilan ittifoq tuzgan; Kulikovo jangipa Mamayning ittifoqchisi boʻlgan. Tevton ordeni yordamiga suyangan. 1386y. 18ʻfev. da Polsha qirolichasi Yadvigaga uylangan, natijada Ya. Polsha qiroli ham boʻlgan. Biroq muxolifat uni Litvadagi hokimiyatni topshirishga majbur qilgan (1392, Ya. da faqat Litva «oliy knyazi» unvoni qolgan).

1409—11 yillardagi Tevton ordeniga qarshi Buyuk urushda va 1410-yildagi Gryunvald jangida ittifoqdosh polyaklitvarus armiyalari qoʻmondoni boʻlgan. Yagaylo oʻzini iqtidorli tashkilotchi va sarkarda sifatida koʻrsatgan.


Lotin alifbosida maqola: YAGAYLO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LITVA
ROSSIYA
AMIR TEMUR
POLSHA
KULIKOVO JANGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты