XALQARO MADANIYAT KARVONSAROYI

XALQARO MADANIYAT KARVONSAROYI — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ilmiymaʼrifiy markazi. 2002-y. oʻzbekyapon hamkorligi rivojida tashkil boʻlgan. Binosi Xirayama Ikuo mablagʻiga qurilgan. Bino 2 kiyem (A va B blok) dan iborat: A blokda kutubxona, konferensiya zali, maʼmuriy xonalar, laboratoriya va b., B blokda «Buyuk ipak yoʻli keramikasi» muzeyi, koʻrgazma zali, arxeologik topilmalarni taʼmirlash lab. joylashgan. Madaniyat karvonsaroyi tarix, madaniyat, arxeologiya, etn. va sanʼat yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladi. Markazning asosiy vazifasi — Buyuk ipak yoʻli davlatlari, Gʻarb va Sharq, Oʻzbekiston tarixi, madaniyati, sanʼati va ilmfanini chuqur oʻrganish va targʻib qilish, bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi va chet el hamjamiyatining shu soxalar boʻyicha bilim darajasini kengaytirish. Xirayama Ikuo jahon madaniyati va sanʼati rivojini oʻz ichiga olgan 2 mingta kitobni markaz kutubxonasiga takdim etdi, 2004-y. Yaponiya hukumati koʻrgazma uskunalar majmuasini sovgʻa qildi. Markazda xalkaro anjumanlar, koʻrgazmalar, konsertlar, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish anʼanaga aylandi. Shuningdek, oʻzbekyapon arxeologik ekspeditsiyalar hamkorligining kelajak yoʻllanmalari belgilanmoqda. «Buyuk ipak nuli keramikasi» muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda.

Muzey Oʻzbekiston hamda Xitoy, Eron, Vyetnam kabi xorijiy davlatlarning qad. qulollik maktablariga oid toʻplamlar, arxeologik ekspeditsiyalar davrida topilgan (Toshkent viloyatidagi Qanqa, Surxondaryodagi qad. yodgorliklar) noyob eksponatlarga ega.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO MADANIYAT KARVONSAROYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
TARIX
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты