XALQARO METEOROLOGIYA TASHKILOTI

XALQARO METEOROLOGIYA TASHKILOTI — meteorologiyaga doyr xalkaro ahamiyatga molik tezkor va ilmiy masalalarni birgalikda hal kilish maqsadida meteorologik xizmatlarning ishini muvofiqlashtirish uchun tuzilgan hamkorlik tashkiloti. 1871-y. da Jenevada asos solingan. Dastlab Xalqaro meteorologiya tashkiloti direktorlar konferensiyasidan iborat boʻlgan, keyinchalik prezident tomonidan boshqariladigan ijrochi kotibiyatdan, shuningdek, jahondagi meteorologiya tarmoklari, aerologiya, iklimshunoslik, sinoptik axborotlar va b. masalalar bilan shugʻullanadigan bir qator komissiya va kichik komissiyalardan iborat boʻlib qoldi. Bu tashkilot ayrim hollarda xalqaro syezdlar uyushtirib turadi. BMT meteorologiya xizmati direktorlarining Vashington konferensiyasi qaroriga binoan, 1947-y. da Xalqaro meteorologiya tashkiloti oʻrniga Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) tashkil qilindi (unga 150 dan ortiq davlat aʼzo, Oʻzbekiston Respublikasi 1992-y. 23-dekabrda aʼzolikka qabul qilingan).


Lotin alifbosida maqola: XALQARO METEOROLOGIYA TASHKILOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
TOSHKENT
HINDISTON
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты