XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASI, XMK

XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASI, XMK (IFC, International Finance Corporation) — BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi; Jahon banki guruhiga kiradi. 1956-y. da Xalkaro tiklanish va tarakkiyot banki (XTTB) ning filiali tarzida tashkil etilgan, keyinchalik mustaqil yuridik shaxs. Aʼzo davlatlar soni 174 ta (1998). Shtabkvartirasi Vashingtonda. XMK ning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi va direktorat (24 ijrochi direktorlar)ga direktorlari kiradi va ular XMKda ham tegishli lavozimlarni egallaydilar. XTTB prezidenti XMKning ham prezidenti xisoblanadi. XMKning ijrochi vitseprezidenti umumiy boshqaruv va korporatsiyaning joriy operatsiyalariga javob beradi. Bundan tashqari 5 mintaqaviy [Afrika (Saxara jan. rogʻidan), Osiyo; Urta Osiyo, Yaqin Sharq va Shim. Afrika; Yevropa; Lotin Amerikasi va Karib havzasi] va 4 tarmoq (agrobiznes; kimyo, neft kimyosi va oʻgʻitlar; infratuzilma; neft, gaz va togʻkon sanoati) departamentlari ishini nazorat qiladi. komissiyasi faoliyat koʻrsatadi. Korporatsiyaning rasmiy maqsadlari: xususiy sektorga molshshiy yordam koʻrsatish bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning iqgisodiy oʻsishiga koʻmaklashish, shuningdek, i. ch. sohasida tadbirkorlikni ragʻbatlantirish orqali aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishiga yordam koʻrsatish. XMK faqat yuqori rentabelli loyihalarga kreditlar ajratadi. Qarzlar 15 yilga qadar muddat bilan ssuda kapitali bozoridagi oʻrtacha yillik foiz stavkalaridan yuqoriroq foiz stavkalarida beriladi.

1961-y. dan korporatsiya kreditlar ajratish bilan birga qurilayotgan korxonalar aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalar kiritish va keyinchalik bu aksiyalarni xususiy investorlarga sotishni ham amalga oshiradi. Korporatsiya ishtiroki hissasi, odatda, aksiyadorlik kapitalining 1/5 qismidan ortiq boʻlmaydi. 1986-y. da XMKda xorijiy investitsiyalar boʻyicha Maslahat xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat hukumatlarga uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlari uchun kapital jalb etish, maqbul investitsiya muhitini yaratish uchun qonunchilik, strategiyalar, qoida va tartiblar masalalarida maslahatlar beradi. XMK moliyalashtirishda hukumatlar kafolatlarini qabul qilmaydi va xususiy moliya tuzilmasi tarzida oʻzining moliyaviy va b. xizmatlarini bozor narxlarida taqdim etadi.

AQSH dollaridan ortiq mablagʻlarini yoʻnaltirgan.

2002-y. da Toshkentda XMKning missiyasi ish boshladi. Korporatsiya Oʻzbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishga, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshib kelmoqda. 2002-y. da XMK Uzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash uchun 45,0 mln. AQSH dollari ajratdi.

21-a. boshidan Oʻzbekistonda XMK ning «Markaziy Osiyoda lizingni rivojlantirish boʻyicha loyiha»si amalga oshirilmoqda. 2002-y. oxirlarida XMK Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda «Uzbeklizing Interneshnl» kompaniyasiga 4,5 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ochdi.

Xoʻjayor Shennayev.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASI, XMK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
FRANSIYA
XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI, XTTB


Добавить комментарий