YADRO KIMYOSI

YADRO KIMYOSI — moddaning yadroviy xossalarini fizik kimyo bilan oʻzaro bogʻliq holda umumlashtirib oʻrganuvchi fan. Baʼzan «Yadro kimyosi» termini radioknmyo maʼnosida qoʻllanadi. Bu notoʻgʻri, chunki Yadro kimyosining tadqiqot obyekti atom yadrosining xossalari va yadro reaksiyalari boʻlsa, radiokimyoning tadqiqot obyekti radioaktiv yadrolarning xossalarini kimyoviy muammolar yechimi uchun qoʻllanishidir. Yadro kimyosining asosiy yoʻnalishlari: yadro reaksiyalarini va yadroviy oʻzgarishlarning kimyoviy oqibatlarini oʻrganish; «yangi atomlar» kimyosi; Myossbauer effekti; yangi elementlar va radionuklidlar, radioaktiv parchalanishning yangi turlarini topish. Bu muammolarni yechishda radiokimyo, ionizatsiya, soʻnggi yillarda massspektrometriya, shuningdek, qalin qatlamli fotoemulsiya usullaridan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YADRO KIMYOSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
RADIOKIMYO
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
ATOM FIZIKASI
ATOM ENERGIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты