XALQARO TERRORIZM

XALQARO TERRORIZM — bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok boʻlishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchs, hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar oʻrtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va kilmishlar yigʻindisi. Xalqaro terrorizm 20-a. ning 60—70-y. lariga kelib oʻzini yaqqol namoyon kildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, oʻz davlatiga nisbatan ekstremistik ruxdagi guruhlar birlashib, ijtimoiyiqgisodiy jixatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat koʻrsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obroʻga ega boʻlgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, samolyotlarni olib qochish bilan shugʻullana boshladilar. 80-y. larga kelib Xalqaro terrorizm yanada jidsiy tus oldi. Begunoh, tinch aholi oʻrtasida koʻpdankoʻp qurbonlar boʻlishi, xalqaro terrorchilarning boshqa yovuzliklari jahon jamoatchiligini qatgiq tashvishlantirib qoʻydi. 1978-y. kuchli «yettilik» davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) sh. dagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzui boʻlib qoldi. Chunki xalqaro terrorchilar bir tizimga birlashib, baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhsagi shaxslar, narkobiznes va qurolyarogʻ savdosidan foyda koʻruvchi jinoiy toʻdalar, yollanib xizmat qiluvchilar paydo boʻldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlarida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qoʻyishga hamda hokimiyatga qarshi muholafatni shakllantirishga harakat qiladi.

Oʻzbekiston Resggublikasi oʻz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har kanday koʻrinipshga qarshi qatʼiyat bilan kurashib kelmoqda. OʻzR koʻplab xalqaro bitimlarning, chunonchi, Xalqaro terrorizm koʻrinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlarning, jumladan, havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1970-y. gi Gaaga konvensiyasining, Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1971-y. gi Monreal konvensiyasining, Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi 1973-y. gi konvensiyaning , terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi va b. konvensiyalarning ishtirokchisi. 2004-y. 1 yanv. dan Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi.

Ad.: Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997. Karimov I. A., Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi oʻz kuchqudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bogʻliq, T., 2004.

Sayfiddin Joʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO TERRORIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
HINDISTON
ITALIYA
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты