YADRO PORTLASHI

YADRO PORTLASHI — zanjirli yadro reaksiyasi yoki termoyadro reaksiyalari natijasida juda katta energiyaning nihoyatda tez ajralib chiqishi tufayli sodir boʻladigan portlash. Unga ogʻir yadrolar (mas, 23511 yoki 239Ri) ning boʻlinish zanjir reaksiyasi yoki yengil yadrolar (mas, geliy yadrosi) ning sintez boʻlinish termoyadro reaksiyasi olib keladi. Uning shikastlantiruvchi va vayron qiluvchi taʼsiri bir vaqtda zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi, singuvchi radiatsiya, radioaktiv zaharlanish va elektromagnit impuls orqali sodir boʻladi. Zarb toʻlqini yoʻlida uchragan barcha obyektlarga taʼsir qiladi. Yorugʻlik nurlanishi turli moddalarni eritib, kuydirib, yondirib yuboradi. Singuvchi radiatsiya (gammanurlar va neytron oqimi) nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi. Radioaktiv zaharlanish Yadro portlashida paydo boʻladigan bulutdan radioaktiv moddalarning tushishi natijasida hosil boʻladi va u ham nurlanish kasalligiga olib keladi. Elektromagnit impuls antennalar, simlar, kabel liniyalari, aloqa vositalariga taʼsir qilib, ularni ishdan chiqaradi.

Yadro portlashi havoda, yer ustida, yer ostida, suv ustida va suv ostida amalga oshirilishi mumkin. Havoda Yadro portlashi yadro qurollarining quvvatiga qarab 100 m dan bir necha km gacha balandlikda boʻlib, zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi va singuvchi radiatsiya orqali shikast yetkazadi. Yer ustida Yadro portlashida shamol yoʻnalishi boʻylab tarqalgan radioaktiv bulutlar joylarni kuchli radioaktivzaharlaydi. Yer ostida Yadro portlashi davrida koʻp miqdordagi tuproq bir necha km yuqoriga otiladi. Asosiy shikastlantiruvchi omil yerda tarqaladigan qisilgan toʻlqindan iborat. Yerdagi seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi tuproq tarkibiga qarab 5—10 km/sek boʻlishi mumkin. Suv yuzasida Yadro portlashining shikastlantiruvchi omillari: havodagi zarb toʻlqin va suv yuzasida vujudga keladigan toʻlqinlardan iborat. Suv ostida amalga oshirilgan Yadro portlashining shikastlovchi omili: suvda tarqalish tezligi oʻrtacha 1500 m/sek boʻlgan zarb toʻlqinidan iborat. Bu zarb toʻlqinlari kemalarning suv osti qismlarini va turli gidrotexnika inshootlarini shikastlantiradi.

Yadro portlashining shikastlantiruvchi omillari bir vaqtda taʼsir qilsada, portlash markaziga yaqin masofadagi kishilarda kontuziya, kuyish, singuvchi radiatsiya va radioaktiv moddalardan shikastlanish ogʻirroq boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: YADRO PORTLASHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PORTLASH
TERMOYADRO REAKSIYALARI
BOSHQARILADIGAN TERMOYADRO SINTEZI
KIMYO
ATOM ENERGIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты