XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI, XTTB

XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI, XTTB (IBRD, International Bank for Reconstruction and Development) — BMTning ixtisoslashgan muassasasi, Jahon banki guruhiga kiradi. Xalqaro valyuta fondi bilan bir vaqtda, BMTning 1944-y. da BrettonVuds (AQSH)da oʻtkazilgan xalqaro valyutamoliya konferensiyasi qaroriga koʻra tashkil etilgan. 1946-y. dan oʻz faoliyatini boshlagan. Aʼzo davlat soni — 181 ta (1999). Unga faqat davlatlargina aʼzo boʻlishi mumkin. Shtabkvartirasi Vashingtonda.

Bank daromadi oʻrtacha va daromadi past mamlakatlarga karz beradi va yordam koʻrsatadi. Bankning rasmiy maqsadlari: i. ch. maqsadlari uchun kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan aʼzo davlatlarning tiklanish va taraqqiyotiga koʻmaklashish; i. ch. maqsadlaridagi xususiy chet el investitsiyalarini ragʻbatlantirish; uzoq muddatli muvozanatlangan oʻsishni va bank aʼzolari boʻlgan davlatlarning i. ch. resurslarini rivojlantirish uchun xalqaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan toʻlov balansining barqarorligini saqlashga koʻmaklashish va b. Bank ustav kapitali aʼzo davlatlarning bank aksiyalarini sotib olishi hisobiga shakllanadi. Bankda paylarning 40% dan koʻprogʻi yetakchi rivojlangan mamlakatlar — AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya hissasiga toʻgʻri keladi. XTTBning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Har bir aʼzo davlat Kengashda moliya yoki rejalashtirish vaziri darajasidagi va 5 y. ga tayinlanadigan bir boshqaruvchi (va bir oʻrinbosar)ga ega.

Bosh ijroiya organ — ijrochi direktorlar kengashi. 24 ijrochi direktordan 5 tasi Bankning yirik aksiyadorlari boʻlgan mamlakatlar (AKTL, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) tomonidan, qolgan 19 tasi mamlakatlar guruhlari tomonidan tayinlanadi. Bankni prezident boshqaradi. Boshkaruvchilar kengashi sessiyalari yilda 1-marta oʻtkaziladi. Mamlakatlar XTTB kapitalidagi oʻz payi salmogʻiga mutanosib ovoz huquqiga ega. Bankda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy resurslar ajratish masalalari boʻyicha Taraqqiyot qoʻmitasi — XXTB va XVF Boshqaruvchilar Kengashlarining qoʻshma qoʻmitasi mavjud.

Bank kreditlarini moliyalashtirishning asosiy manbai — ssuda kapitali bozorlarida mablagʻlarni jalb etiщdir. Xususiy banklar va boshqa kredit muassasalari amalda kredit xatari boʻlmagan yuqori foiz stavkalari (6% dan ortiq) evaziga Bank obligatsiyalarini sotib oladilar. Bank hukumatlarga va davlat kafolati bilan xususiy korxonalarga qarz beradi, ayni paytda muttasil sof daromad ham oladi. 1994-y. da Vashington, London, Parij, Tokioda aʼzo mamlakatlardagi loyihalar toʻgʻrisida axborotlar beradigan yangi axborot markazlari tashkil etdi. 1998-y. da bank 21,1 mlrd. dollar qarz berib, uning sof foydasi 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Odatda, bank obyekt qiymatining 30% ga yaqin qismini qoplaydigan kreditlar beradi, uning qolgan qismi ichki yoki boshka tashki manbalar hisobiga qoplanishi lozim. Kreditlar ssuda kapitali bozoridagi foiz stavkalari darajasi bilan belgilanadigan yuqori foizlarda 20 yilgacha muddatga beriladi. Bank kreditlarining asosiy qismi energetika, transport, aloqa va infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga moʻljallanadi. Bank oʻz faoliyatini boshlaganidan beri (1998-y. ning 30-iyuniga qadar) eng koʻp qarz olgan mamlakatlar (mlrd. dollar): Meksika (29,1), Braziliya (25,7), Hindiston (25,4), Indoneziya (24,4), Xitoy (21,4), Argentina (14,5), Koreya Respublikasi (13,5), Turkiya (13,2), Filippin (9,9), Rossiya (9,8).

Bank kreditlar ajratishdan tashkari mamlakatlarga loyihalarni tayyorlashda yordam koʻrsatadi.

1992-y. Oʻzbekiston XTTB ga aʼzo boʻlib kirdi va 1993-y. da uning vakolatxonasi Toshkent sh. da faoliyat koʻrsata boshladi. 1993-y. noyabr oyida Oʻzbekiston uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, moliyaviy sektorni rivojlantirish boʻiicha tarkibiy yoʻnalish va dasturlarni ishlab chikishni moliyalashtirish uchun 21,0 mln. AQSH dollari miqdorida dastlabki qarz mablagʻlari ajratdi. 1994—2000-y. larda bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida jami 458,0 mln. dollar miqdorida qarz mablagʻlari ajratildi. Ulardan eng yiriklari mamlakatimizda paxtachilikni rivojlantirishga (66,0 mln. dollar) va suv taʼminoti, sanitariya va salomatlik tadbirlarini moliyalashtirishga (75,0 mln. dollar) sarflandi.

2003-y. da Jahonbankining Direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 60,0 mln. dollar mikdorida (uning yarmi XTTB tomonidan 20 y. muddatga imtiyozli foiz stavkalarida) kredit mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Xoʻjayor Shennayev.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI, XTTB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BANKLAR
XALQARO VALYUTA FONDI, XVF
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты