XALQARO XAVFSIZLIK

XALQARO XAVFSIZLIK — xalqaro munosabatlar tizimi; hamma davlatlar tomonidan rioya qilinadigan xalqaro huquqning prinsip va normalari; davlatlar oʻrtasidagi janjalli masalalarni va kelishmovchiliklarni kuch va kuch ishlatish xavfi bilan bartaraf etishni istisno qilishga asoslangan. Xalqaro xavfsizlik prinsiplari kuyidagilarni nazarda tutadi: hamma davlatlar uchun babbaravar xavfsizlikni taʼminlash; harbiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda amaliy kafolatlarni yuzaga keltirish; har bir xalqning suveren huquqlarini soʻzsiz hurmat qilish; xalqaro tanglik va mintaqaviy nizolarni siyosiy yoʻl bilan adolatli bartaraf etish; davlatlar oʻrtasida ishonchni mustahkamlash; xalqaro terrorizmkya oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish; genotsid, aparteidam tugatish, fashizmnsh targʻib qilmaslik, diskriminatsiyaping har qanday shakllarini xalqaro amaliyotdan yoʻqotish; qamal va sanksiyalardan (jahon hamjamiyati tavsiyalarisiz) voz kechish. Xalqaro xavfsizlikning ajralmas qismi BMT Ustavi bilan mustahkamlangan amaldagi kollektiv xavfsizlik mexanizmidir.

Xalqaro xavfsizlik har bir davrda turli omillarga: xalqaro aloqalarning rivojlanish yoʻnalishlari va xususiyatiga, sivilizatsiya darajasi, maʼnaviyat va sh. k. ga bogʻliq boʻladi. Shaxs, sinf, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning faoliyati Xalqaro xavfsizlikga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi jahonda, xususan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik taʼminlanishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Prezident I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan «Mintaqaviy xavfsizlikdan xalqaro xavfsizlikni taʼminlash sari» konsepsiyasi Xalqaro xavfsizlikni taʼminlashning yangi qoidasi sifatida jahon miqyosida tan olinmoqda.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO XAVFSIZLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
ROSSIYA
TURKIYA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
HARBIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты