XALQARO SHARTNOMA

XALQARO SHARTNOMA — davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa subyektlari oʻrtasida siyosiy, iktisodiy, madaniy yoki boshqa sohalarga oid oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilab beradigan kelishuv; xalqaro huquqning asosiy manbai. Xalqaro shartnoma 2 tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalarga boʻlinadi. Koʻp tomonlama shartnoma ochiq boʻlishi (unga boshqa davlatlar qoʻshilishi) va yopiq boʻlishi (unga boshqa davlatlar Xalqaro shartnoma ishtirokchilarining roziligi bilangina qoʻshilishi) mumkin. Xalqaro shartnomaning nomlari turlicha: shartnoma, bitim, konvensiya, pakt, deklaratsiya, memorandum statut, protokol, ustav, bayonot va b. X. sh. muddati tugagandan keyin, unda belgilangan majburiyatlar bajarilgach, taraflarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha va denonsatsiya yoʻli bilan amal qilishdan toʻxtaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Xalqaro shartnoma larda teng, mustaqil mamlakat sifatida qatnashadigan boʻldi va koʻpdan koʻp Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Mamlakatimizning siyosiy, iktisodiy, huquqiy va b. sohalardagi barcha xalqaro huquqiy munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida»gi qonuni (1995-y. 22 dek.) bilan tartibga solinadi.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO SHARTNOMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
HINDISTON
TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты