XALQARO HARBIY TRIBUNAL

XALQARO HARBIY TRIBUNAL – 2-jahon urushi bosh harbiy jinoyatchilarining aybini ochish va jazolash boʻyicha tuzilgan xalqaro sud organi. Xalqaro harbiy tribunal fashistlar Germaniyasi tomonida turib jang qilgan Yevropa mamlakatlarining asosiy harbiy jinoyatchilarini jazolash uchun 1945-y. 8 avg. da AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va Fransiya davlatlari oʻrtasidagi London bitimiga muvofiq tuzilgan (q. Nyurnberg sud jarayoni) . Uzoq Sharq uchun yapon bosh harbiy jinoyatchilari ustidan sud olib borish maqsadida Xalqaro harbiy tribunal 1946-y. 19 yanv. da ittifoqchi hukumatlar oʻrtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan (Tokio tribunali).

BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq, 1993 — 1994-y. da Ruanda va Yugoslaviya boʻyicha xalqaro tribunallar tashkil etildi.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO HARBIY TRIBUNAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
IKKINCHI JAHON URUSHI
BUYUK BRITANIYA
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты