YADRO FIZIKASI INSTITUTI

YADRO FIZIKASI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi instituti — yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, materialshunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, informatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy muassasa.

Akad. I. V. Kurchatov, U. O. Orifov va S. A. Azimovlarning tashabbusi bilan 1956 yil tashkil etilgan. 1957-yildan boshlab yadro reaktori, fizika lab. lari, gammanurlatgichlar, siklotron (U— 150—11), tajriba ustaxonasi qurila boshlandi. Quvvati 2000 kVt boʻlgan VVRSM rusumli yadro reaktori 1959-yil sentyabrda ishga tushirildi. 1960—64 yillarda fizika lab. lari, gammanurlatgichlar, siklotron ishlay boshladi, radiokimyo lab. lari majmui qurilib, radioaktiv izotoplar ishlab chiqarila boshlandi. 1980-yilda yadro reaktori rekonstruksiya qilinib, quvvati 10000 kVt ga yetkaziddi. In-tda radioaktiv izotoplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Radiopreparat» va «Tezlatkich» shoʻba korxonalari, konstruktorlik byurosiga ega boʻlgan tajriba z-di, ogʻir ionlar fizikasi boʻlimi mavjud. In-tda 4 ta ilmiy boʻlim, 17 ta ilmiy lab., 11 ta xizmat boʻlimlari, aspirantura, doktorantura va dissertatsiyalarni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan 2 ta ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. Olib borilayotgan tadqiqotlar (nazariya va eksperiment) quyidagi yoʻnalishlarni qamrab olgan. Yadro fizikasi — relyativistik yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yadro spektroskopiyasi, yadro va zarralarning moddalar bilan taʼsiri, yadro nazariyasi, past energiyalarda yadroviy reaksiyalar, nisbiylik nazariyasi. Radiatsiyaviy qattiq jism fizikasi va materialshunoslik — metallar, konstruksion materiallar va yarimkoʻtkazgichlar, dielektriklar, keramikalar, optik, kompozitsion va yuqori trali oʻta oʻtkazgich materiallarning radiatsiya fizikasi, kristallar tuzilishi, radiatsiya texnologiyasi, kristallardagi nuqsonli holatlar nazariyasi va ularni matematik modellashtirish. Aktivatsion tahlil va radiokimyo — yadroviy analitika, tahlil uslubiyati, turli obyektlarning tahlili va texnologik jarayonlarning nazorati boʻyicha yadrofizikaviy usullarni yaratish; materialshunoslik, togʻkon sanoati, q. x., tibbiyot va ekologiyada yadroviy analitikaning amaliy jihatlari; turli radioizotoplar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish. Ilmiy asbobsozlik — texnologik parametrlarni nazorat qiluvchi, radioaktiv va yadroviy materiallarni qayd etuvchi asboblar yaratish, shuningdek, suvning tozaligini nazorat qiluvchi, tozalovchi va zararsizlantiruvchi tizimlar barpo qilish; suv va havo havzalari ekosistemalarining holatini radiatsiyaviy nazorat qilish, modellashtirish va prognoz qilish usullarini yaratish. Informatsiya texnologiyalari — ilmiy boʻlinmalar, xizmat va yadrofizikaviy obyektlar uchun ilmiy informatsiontelekommunikatsiyalar tizimlari va dasturlarini yaratish.

Fundamental tadqiqotlardan olingan natijalar tibbiyotda, neftni qayta ishlash, togʻkonmetallurgiya ktlarida, q. x., ekologiya, farmatsevtika, zargarlik, elektrotexnika, materialshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha ishlayotgan respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida qoʻllanilmoqda.

In-t olimlarining ilmiy ishlari Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan: yuqori energiyalar fizikasi sohasida (S. A. Azimov va boshqalar); atom yadrosi fizikasi sohasida (R. ʼ. Bekjonov va boshqalar); amaliy yadro fizikasi sohasida (P. Q. Habibullayev va boshqalar); atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi sohasida (B. S. Yoʻldoshev va boshqalar); qattiq jismlar fizikasi sohasida (M. S. Yunusov va boshqalar). in-t fundamental va amaliy faoliyatida koʻpgina chet el tadqiqot markazlari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Bu markazlar jumlasiga Yevropa yadro tadqiqot markazi (Jeneva, Shveysariya), Fermi nomidagi tezlatgichlar ilmiy lab. (Bataviya, Illinoys, AQSH), oʻta oʻtkazuvchi superkollayderi lab. (Dallas, Texas, AQSH), «Triumf» tezlatkich markazi (Kanada), Argon va Sandiya ilmiy lab. (AQSH), Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Dubna, Rossiya) va AQSH, Germaniya, Rossiya, Fransiya, Shvetsiya, Italiya, Belgiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya, Koreya va boshqalar mamlakatlarning tadqiqot markazlari va untlari kiradi. Yadro xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik bilan faol hamkorlik qilinmoqda. in-t faoliyati U. O. Orifov, S. A. Azimov, S. V. Starodubsev, U. Gʻ. Gʻulomov, P. Q. Habibullayev, R. B. Bekjonov, M. S. Yunusov, B. S. Yoʻldoshev va boshqalar olimlar nomi bilan bogʻliq.


Lotin alifbosida maqola: YADRO FIZIKASI INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
FIZIKA
KIMYO
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты