XALQARO HUQUQ

XALQARO HUQUQ — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va b. qatnashuvchilar (subyektlar) oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsshshar va normalar majmui. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda Xalqaro huquq obyekta oʻz mazmunmoxiyati jihatdan alohida davlat vakolatidan tashqariga chiquvchi xalqaro, aniqrogʻi, davla. tlararo munosabatlar hisoblanadi. Davlat ichki huquqidan farqpi ravishda Xalqaro huquq normalarini yaratish va bajarilishini taʼminlash bilan shugʻullanadigan qonun chiqaruvchi organlar yoʻq. Xalqaro huquqning asosiy subyektlari davlatlar xisoblanadi. Ularning oʻzaro kelishuvi bilan vujudga keladigan Xalqaro huquq normalari davlatlarning kelishilgan irodasini ifoda etadi. Xalqaro huquqning oʻziga xos xususiyati ana shundadir. Turli xalkaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, BMTning hujjatlari Xalqaro huquqning normativ bazasi hisoblanadi.

Hoz. zamon H. h. i xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquqga boʻlinadi. Xalqaro ommaviy huquq xalqaro munosabatlarda qatnashadigan davlatlar va b. subyektlarning oʻzaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari oʻrtasidagi mulkiy va boshqa munosabatlarni, ularning huquqiy holatini, yurisdiksiyasini, yashab turgan davlat milliy qonunchiligini qoʻllash tartibi va shartlariga doir munosabatlarni tartibga soladi.

Xalqaro ommaviy huquq xalqaro shartnomalar huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, inson huquklari boʻyicha xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi,xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro kosmik huquq kabi sohalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan tamoyillari bor. Ular Xalqaro huquqni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi universal majburiy meʼyorlardir. Xalqaro huquqning aksariyat tamoyillari BMT Ustavining 2moddasida bayon etilgan. Ular BMT Ustaviga muvofiq, davlatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli Xalqaro huquq tamoyillari toʻgʻrisidagi 1970-y. Deklaratsiyasida hamda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik kengashi (YEXHK)ning Yakunlovchi hujjatida batafsil yoritib berilgan. Bular quyidagilardir: kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; xalqaro nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish; davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; davlatlarning xalqaro hamkorligi; davlatlarning suveren tengligi; xalqlar va millatlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilashi; davlatlarning xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarishi; chegaralar daxlsizligi; davlatlarning hududiy yaxlitligi; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishdir. Jahon hamjamiyati oldida turgan umumbashariy muammolarni hal etish zaruriyatini ifoda etuvchi yangi tamoyillar ham (mas, atrof muhitni muhofaza qilish) shakllanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetini qoʻlga kiritgach, xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyekti sifatida faoliyat yurita boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Xalqaro huquqning yuqorida koʻrsatilgan tamoyillarining aksariyati belgilab qoʻyilib (17modda), «xalqaro huquqning boshqa umum tan olingan tamoyil va meʼyorlari»ni hurmatlash aytib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning ana shu tamoyil va meʼyorlariga izchil rioya qilmoqda, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etmoqda, ularni bajarmoqda, xalqaro tashkilotlar faoliyatida, jamoa xavfsizlik tizimlarida qatnashib kelmoqda. Dunyo davlatlari bilan §ir qatorda yalpi va adolatli tinchlikni taʼminlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolarni hal etishda oʻz hissasini qoʻshmoqda. Zamonaviy Xalqaro huquqning asosiy tamoyillari «Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida»gi (1996-y. 26 dek.) qonunda mustahkamlab qoʻyilgan.

Akmal Saidov.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO HUQUQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HUQUQ
YER
XITOY
HUQUQIY MUNOSABATLAR
YURIDIK SHAXS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты