YADRO ELEKTRONIKASI

YADRO ELEKTRONIKASI — yadro fizikasida qoʻllaniladigan elektronika usullari majmui; yadroga doir tajribalarda axborotlarni olish, oʻzgartirish va qayta ishlashda qoʻllaniladi.

Yadro elektronikasi asboblarining vazifasi yadro zarralari detektoridan kelayotgan signallarni kuchaytirish, ularni amplitudasi, paydo boʻlish vaqtlari, shakli boʻyicha saralash, signallar amplitudalari yoki ular oʻrtasidagi oraliqlarni raqamli kodga aylantirish, impuls oqimlarining parametrlarini aniqlash, signallarni matematik ishlab chiqish va boshqalardan iborat.

Yadro elektronikasining barcha qurilmalari, bloklari va uzellari analogli yoki raqamli boʻlishi mumkin. Ular sxema va elementlari, sanash usullari, analiz va sintez qilish usullari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir, asosan, raqamli qurilmalardan foydalaniladi.

Yadro elektronikasi qurilmalarining asosiy elementlari turli darajadagi keng polosali impuls kuchaytirgichlar, har xil amplituda, kenglik va shakldagi boshlangʻich impulslarni standart parametrdagi chiqish impulslariga aylantiruvchi oʻzgartirgichlar; impulslarni amplituda boʻyicha tanlab, natijaviy standart signallar koʻrinishida uzatuvchi amplituda diskriminatorlari; impulslarning mos tushish va mos tushmaslik sxemalari; yadro nurlarining vaqt birligidagi sonini oʻlchaydigan intensimetrlar; impuls amplitudalari va ular oʻrtasidagi vaqt oraliqlarini raqamli kodlarga oʻzgartirgichlardan iborat.

Yadro elektronikasi usullari yadro fizikasi va elementar zaryadlar fizikasidan tashqari, ionlashtiradigan nurlanishlar bilan ish koʻriladigan hamma hollarda (kimyo, tibbiyot, kosmik tadqiqotlar va h. k. da) qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: YADRO ELEKTRONIKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ELEKTRONIKA
KIMYO
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты