XALQLARNING BUYUK KOʻCHISHI

XALQLARNING BUYUK KOʻCHISHI — Yevropada mil. 4—7-a. larda germanlar, slavyanlar, sarmatlar va b. kabilalarning Rim imperiyasi xududiga oʻtishidan iborat yalpi etnik koʻchishlarning shartli nomi. 4-a. ning 70-y. laridan boshlab gunnlar ning ommaviy ravishda gʻarbga siljishlari X. b. k. ga bevosita turtki boʻlgan. Gunnlar Uralboʻyidan yurish boshlab taxm. 370-y. Volgani kechib oʻtganlar, soʻngra boʻysundirilgan alanlar bilan birga Shim. Qora dengiz sohillarida yashovchi gotlarta hujum qilganlar (375). 376-y. kuzida gunnlar tazyiqiga bardosh berolmagan vestgotlarning bir qismi Rimning ruxsati bilan imperiyaga tegishli Dunayning jan. dagi hududga joylashganlar. Biroq hukumat amaldorlarining zoʻravonligi natijasida vestgotlar 377-y. qoʻzgʻolon koʻtarganlar. 378-y. 9 avg. da Rim qoʻshini Adrianopol yaqinida qoʻzgʻolonchilar tomonidan tormor keltirilgan. Gotlar, alanlar va gunnlarning imperiyaga tazyiqi toʻxtatilgan, lekin gotlar Dunay daryosi va Bolqon togʻlari orasidagi hududda Rim federati sifatida yashay boshlagan, Rim armiyasida varvarlashuv jarayoni kuchaygan. 4-a. oxiridan varvarlar tazyiqi yangidan avjga chiqqan. 394—395-y. lar qishida gunnlar Suriya va Kappadokiyada chopkun uyushtirganlar. Vestgotlar Alarix I boshchiligida Yunonistonni talontoroj etib, Illirikada muqim oʻrnashganlar. 410-y. 24 avg. da ular Rimni egallab, uni talaganlar. Garchi gotlar 27 avg. dayoq Rimdan ketgan boʻlsalarda, «abadiy shahar»ning kulashi ulkan maʼnaviy ahamiyatga ega boʻlgan. 5-a. mobaynida german qabilalari Gʻarbiy Rim imperiyasining butun hududi boʻylab joylashib, bu yerda bir necha varvar qirolliklarini barpo etganlar. Xususan, Galliyaning jan. gʻarbida markazi Tuluza sh. boʻlgan Vestgot qirolligi (418-y. ; u keyinchalik Ispaniyaga ham tarqalgan), Shim. Afrikada Vandallar qirolligi (429—439), Italiyada Ostgotlar kirolligi (493), Shim. Galliyada Franklar qirolligi (476-y. ; keyinchalik u koʻplab varvar kirolliklarini tobe etgan, q. Frank davlati), Galliyaning jan. sharqida markazi Lion sh. boʻlgan Burgundlar kirolligi (taxm. 457-y.); angllar, sakslar, yutlar 5-a. oʻrtalaridan boshlab Britaniyani bosib ola boshlaganlar va 6-a. oxiri — 7-a. da bu yerda oʻzlarining bir qancha qirolliklarini barpo etganlar. 5-a. boshida Oʻrta Dunay (Pannoniya)da oʻrnashib olgan gunnlar Attila davrida (434— 453) Galliya va Italiyani egallashga harakat qilganlar. Biroq Katalaun jangi (451)dan soʻng ularning ittifoqi parchalanib ketgan. Imperator Yustinian I davrida Sharkiy Rim imperiyasi (Vizantiya) varvarlardan Shim. Afrika, Italiya va Ispaniyaning bir qismini qaytarib olib, bu yerlarda Rim tartibotlarini qisman tiklashga erishgan. Xalqlarning buyuk koʻchishining soʻnggi bosqichi 6-a. oxiri — 7-a. larga toʻgʻri kelgan. 568-y. langobardlar Shim. va Oʻrta Italiyada muqim oʻrnashganlar. Slavyanlar — avarlar va protobolgarlar (bulgʻorlar) koʻmagida Bolqon ya. o. da mustahkam joylasha boshlashgan, natijada 7-a. ga kelib bu hudud aholisi, asosan, slavyanlardan iborat boʻlib, ular oʻz knyazliklarini tuzganlar, Slavyanlarning bir qismi Kichik Osiyoga, Vizantiya imperiyasi hududiga borib joylashgan. Slavyanlar gʻarbga — alemannlar va sakslar egallagan hududlarga qadar tarqalishgan. Xalqlarning buyuk koʻchishining ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy oqibatlari juda ulkan boʻlgan. U Gʻarbiy Rim imperiyasining qulashiga olib kelgan.

Ad.: Udalsova 3. V., Italiya i Vizantiya v VI v., M., 1959.


Lotin alifbosida maqola: XALQLARNING BUYUK KOʻCHISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
GUNNLAR
TOSHKENT
ITALIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты