XAMANAYI

XAMANAYI Sayd Ali Husayniy (1939.15.7, Mashhad) — Eron davlat arbobi, oyatulloh (1989). 1964-y. gacha Qum, keyinchalik Mashhadda diniy taʼlim olgan. Oyatulloh Humayniyttg shogirdi. 1962-y. Humayniy rahbarligidagi islom harakatiga qoʻshilgan. 1963-y. dan bir necha marta qamoq va surgunda boʻlgan. 1979-y. gi shohga qarshi inqilobda Mashhaddagi islom harakatiga boshchilik qilgan. Monarxiya agʻdarilgandan soʻng, 1979—80 y. larda Islom inqilobiy kengashi (davlat hokimiyatining oliy organi) aʼzosi, mudofaa vaziri oʻrinbosari, «Islom inqilobi posbonlari» korpusi qoʻmondoni, oyatulloh Humayniyning Oliy mudofaa kengashdagi vakili lavozimlarida boʻlgan. 1980—81 y. larda Islom kengashi majlisi (parlament) deputati. 1981-y. okt. dan Eron Islom Respublikasi p|rezidenti, Oliy mudofaa kengashi raisi. Humayniy vafotidan soʻng, 1989-y. 4-iyundan Eron Islom Respublikasi Rahbari.


Lotin alifbosida maqola: XAMANAYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
XITOY
FRANSIYA
POKISTON
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты