XAMARDABAN

XAMARDABAN — RFning Buryatiya Respublikasidagi togʻ tizmasi. Baykal koʻlining jan. va jan. sharqiy sohillarida. Uz. 420 km, eng baland joyi — BayshintOʻla (2995 m). Gneys, kristalli slanes, ohaktosh, bazaltdan tashkil topgan; granit intruziyasi koʻp. Iqlimi keskin kontinental. Yillik yogʻin 400— 500 mm, gʻarbiy qismida 800 — 1300 mm. Shim. yon bagʻirlarida oqqaragʻaykedr, jan. yon bagʻirlari qaragʻaytilogʻoch oʻrmonlari bilan qoplangan. Jan. da oʻrmonli dasht va dasht yerlar uchraydi. 2000 m dan balandda togʻ tundrasi oʻsimliklari oʻsadi.


Lotin alifbosida maqola: XAMARDABAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ROSSIYA
XITOY
BURYATIYA
POMIR


Добавить комментарий