YADROSIZ ZONA

YADROSIZ ZONA — xalqaro huqukda yadro qurolini qanday shaklda boʻlishidan qati nazar, joylashtirish man qilingan demilitarizatsiya zonasi. Yadrosiz zona qurolyarogʻlarni cheklash, yadroviy nizo chiqishi xavfini kamaytirish, mazkur zonaga kiradigan mamlakatlar xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilib, Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani hayotga tatbiq qilish omili hisoblanadi. Yadrosiz zonada yadro qurolini sinash, ishlab chiqarish va joylashtirish, uning hududida va unga qarshi yadro qurolini qoʻllash taqiqlanadi. Hoz. paytda Antarktidada, Lotin Amerikasi, Tinch okeanning jan. qismi va Afrikada Yadrosiz zonalar mavjud.

Shuningdek, Shim. Yevropa, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharqda Yadrosiz zonalar barpo etish gʻoyalari bor. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48sessiyasida soʻzlagan nutqida Markaziy Osiyoni Yadrosiz zona deb eʼlon qilish tashabbusini ilgari surdi. I. Karimovning YEHXTning Lissabon uchrashuvida soʻzlagan nutqida (1996 yil dek.) bu fikr yana bir bor oʻrtaga tashlandi. 1997-yil 14—16-sentyabrda Toshkentda «Markaziy Osiyo — yadro qurolidan xoli zona» mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda 56 mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. I. Karimovning yadroviy xavfsizlikni taʼminlash choralari haqidagi fikrlarini anjuman qatnashchilari qoniqish bilan kutib oldilar. Markaziy Osiyoda Yadrosiz zona barpo etish haqidagi Oʻzbekiston tashabbusi BMT va jahon jamoatchiligi tomonidan toʻla qoʻllabquvvatlanmoqda. Bu taklif BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida muhokama etilib, maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish faqat mintaqadagina emas, balki jahonda ham tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sayfiddin Joʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: YADROSIZ ZONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
YAPONIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты