YADROCHA

YADROCHA, nukleola — koʻpchilik eukariotlar hujayra yadrosi ichidagi tigʻiz tanacha. Ribosomolar hosil qiluvchi ribonukleoproteidlar (RNK)dan iborat. Odatda, yadroda bitta, baʼzan bir necha Yadrocha (mas, baliqlarning oʻsayotgan tuxumhujayralari yadrolarida) boʻladi. Yadrocha xromosomalarning ribosom r-nK kodlaydigan genlari joylashgan lokusida shakllanadi. Yadrocha yadrocha ichi xromatini, r-nK fibrillari va granulalar zonalaridan iborat. Granulalar zonasi ribosomalarning katta va kichik subbirliklarini hosil qiladigan rRNK molekulalariga ega. Preribosomal (ribosomalar hosil qiluvchi) fanulalar Yadrochadan ajralib, sitoplazmaga chiqadi; sitoplazmada ulardan ribosomalar shakllanadi. Yadrochaning fibrillalar zonasiga yorugʻlik mikroskopda amorf qism, granulyar zonaga — nukleolonema (toʻrsimon geterogen qism) sifatida qaraladi. mitozda koʻpincha Yadrocha yemirilib, mitoz tamom boʻlishi bilan yana shakllanadi.


Lotin alifbosida maqola: YADROCHA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HUJAYRA
YER
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
RIBONUKLEIN KISLOTALAR
RIBOSOMALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты