XAMIRTURUSH

XAMIRTURUSH — xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi. Tarkibida achitqi bakteriyalari boʻlgan X. qoʻshib qorilgan xamir fermentativ jarayonlar taʼsirida koʻpchiydi. Xonadonlarda oshgan xamirdan X. uchun bir zuvala olib krlinadi va supraga oʻrab qoʻyiladi, keyingi xamirlarga qoʻshiladi. Hoz. davrda non sanoatining rivojlanishi bilan maxsus achitqi bakteriyalari yerdamida sanoat usulida presslangan, suyuq va quritilgan X. turlari ishlab chiqariladi (bugʻdoy unidan tayyorlangan navli 100 kg un uchun 1 kg X. sarflanadi) va savdo doʻkonlarida sotiladi (yana q. Bijgʻish).


Lotin alifbosida maqola: XAMIRTURUSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda xamir ko`rsa nimani bildiradi.
NON
TOSHKENT
YER
XAMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты