YAZD MINIATYURA MAKTABI

YAZD MINIATYURA MAKTABI — 15-asrda Yazd shahrida shakllangan miniatyura uslubi. Bu maktab vakillari asarlarida tasvirlar sodda, lekin nafis va tiniq ifodalangan, ranglar koloriti (ayniqsa, kishilarning «Bahrom ovda» (Xusrav Dehlaviyning «Xamsa» asariga ishlangan miniatyura; 1495—96 ylar) kiyimlarida) keskinligi bilan diqqatga sazovor. Uslub jihatidan Sheroz miniatyura maktabtl yaqin. «Sheʼriyat antologiyasi» va 1446—47 yillarda koʻchirilgan Nizomiyning «Xamsa» (Istanbuldagi Toʻpqopu saroyida), 1445-yilda koʻchirilgan Firdavsiyning «Shohnoma» (Rossiya milliy kutubxonasida), Xusrav Dehlaviyning «Xamsa» (Ozarbayjon FA Qoʻlyozmalar in-tida) kabi qoʻlyozmalar shu maktab vakillari tomonidan yaratilgan moʻjaz rasmlar bilan ziynatlangan.


Lotin alifbosida maqola: YAZD MINIATYURA MAKTABI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OZARBAYJON
YAPONIYA
ROSSIYA
ERON
MINIATYURA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты