YAZDIGARD III

YAZDIGARD III (? 651 yoxud 652-yil boshi) — sosoniylar sulolasining soʻngti shohi (632-yildan). Xusrav II ning nabirasi. Ichki ijtimoiy tanazzul, betoʻxtov urushlar oqibatida mamlakatni xonavayron boʻlishi Sosoniylar davlatini holdan toydirgan. Shu tufayli sosoniylar Yazdigard III hukmronligi davrida arablar istilosiga yetarli qarshilik qila olishmagan. Qodisiya jangida (637 yil) arablar gʻalaba qilib Ktesifonni egallaganida Eron hududi hali ham Yazdigard III qoʻlida edi. Biroq Naxovand jangidagi (642) maglubiyatdan soʻng u shim. sharqiy viloyatlar tomon chekingan. Marv atrofida oʻldirilgan. Zardushtiylar yil hisobi Ya. III podsholik qila boshlagan davrdan boshlangan.


Lotin alifbosida maqola: YAZDIGARD III haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ERON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
MISR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты