YAZIGLAR

YAZIGLAR — sarmat qabilalaridan biri. Markazi Shim. Azov boʻyi sohillari boʻlgan koʻchmanchilarning yirik harbiy-siyosiy ittifoqini barpo etganlar. Yaziglar Volga boʻyi va Uraloldi mintaqalarida yashab, mil. av. 2-asrdan Gʻarbga yangi yaylovlar izlab siljiganlar. Yaziglar xoʻjaligi asosini koʻchmanchi chorvadorlik tashkil qilgan. Strabonshsht yozishicha, Yaziglar dastlab Azov dengizi boʻylarida, soʻngra Dneprning gʻarbidagi hududda yashashgan. Yaziglar roksolanlar bilan birga Rim imperiyasiga qarshi kurashgan sarmat qabilalari orasida eng faollari boʻlishgan. Bu qabilalar Dunay boʻyi viloyatlariga ham hujumlar qilganlar. Mil. av. 69 yil qishida ular Myoziyaga bostirib kirib u yerdagi Rimning 2 kogortasini tormor keltirganlar. Kelasi yili yana chopqun qilishgan, lekin bu safar yengilganlar. Mil. 1-asr oʻrtalarida Ya. Dunay va Tisa daryolari oraligʻida yashashgan. Yaziglarning bir qismi Rim imperiyasi chegaralariga yaqin yerda oʻtroqlashgan va mil. 2-asrda Pannoniyaga kelib joylashgan. Yaziglar qoldiqlari ilk oʻrta asrlarda Markaziy Yevropaning boshqa xalqlariga aralashib ketishgan.


Lotin alifbosida maqola: YAZIGLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
ROSSIYA
ERON
TOSHKENT


Добавить комментарий