YAZGʻULOM TIZMASI

YAZGʻULOM TIZMASI — Gʻarbiy Pomir (Tojikiston) dagi togʻ tizmasi (Tojikiston). Yazgʻulom va Bartang daryolari oraligʻida. Janubiy gʻarbdan shim. sharqqa 170 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha bal. 4500—6000 m, eng baland joyi 6974 m. Tizmada Vudar, Lapizar, Arganax, Ubagi va boshqalar choʻqqilar bor. Bir qancha dovonlar (Odudi, Rosht—Jirkutan, Bidjirov) mavjud. Suvayirgʻich qismi qoyali, abadiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Pomirdagi Fedchenko, GrummGrjimaylo, Yazgʻulom kabi eng yirik muzliklar Yazgʻulom tizmasining baland qismidan boshlanadi. Tizmaning yon bagʻirlari tik, qoyali, Yazgʻulom daryosining chap irmoqlari, Bartang daryosining oʻng irmoqlari bilan chuqur kesilgan. Yazgʻulom tizmasining Yazgʻulom va Bartang daryolari oʻzanlaridan suvayirgʻich qismigacha bal. 3000—4000 m. Paleozoy va mezozoy davrlarining kvarsit, gilli slanes, qumtosh, granit, granodiorit, gil va boshqalar togʻ jinslaridan tashkil topgan. Yazgʻulom tizmasida 100 dan ortiq muzlik boʻlib, ularning umumiy mayd. 670 km2 dan ziyod. Tizmada siyrak oʻtli balandtogʻ, chala choʻl, dasht oʻsimliklari tarqalgan. Yon bagʻirlarida archa, daryo qayirlarida tol, terak, qayin daraxtlari oʻsadi. Yazgʻulom tizmasining baland qismlari subalp, alp oʻtloqlari, doimiy qor va muzliklar mintaqasidan iborat. Daryo vodiylaridan quyi qismlarida tutzor, oʻrikzor, yongʻoqzor, tokzorlar bor.


Lotin alifbosida maqola: YAZGʻULOM TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



POMIR
YER
TYANOʻPAN
TOJIKISTON
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты