YAYLA

YAYLA (turkcha — yozgi yaylov) — Qrim togʻlari tarkibidagi qator yassi platosimon tepalar. Bal. 1545 m gacha (RomanKosh togʻi). Ayrim Yaylalar maxsus nom bilan ataladi: Babugan Yayla, AyPetri Yaylasi, Yalta Ya. si; sharqiy qismida bal. 700 m gacha boʻlgan Chatirdogʻ, Qorabi, Demerji Yayla lari va boshqalar Baʼzan, Qrimdagi barcha yozgi togʻ yaylovlarini Yayla deb ataydilar. Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tashkil topgan. Yaylaning yassi oʻrmonsiz toshli yuzalarida koʻplab karst voronkalari uchraydi. Yayla larda Qrim ya. o. ning boshqa qismlariga nisbatan t-ra pastroq, oʻrtacha yillik t-ra 4—6°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 15°, yanv. niki —4°. Yiliga 600—1000 mm yogʻin tushadi. Yon bagʻirlarida, ayniqsa, shim. da togʻoʻrmon landshaftlari mavjud. Yaylalar yaylov sifatida va turizm maqsadlarida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YAYLA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YER
TOSHKENT
ROSSIYA
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты