XAN (Hahn), Gann Otto (1879.8.3, Frankfurt Mayn 1968.28.7, Gyottingen) — nemis fizigi va radiokimyogari. Marburg va Myunxen universitetlarida oʻqigan. Berlinda prof. (1910—34), Berlindagi kimyo intida direktor (1938-y. dan), M. Plank jamiyati prezidenta (1946—60), faxriy prezidenta (1960-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlikni tadqiq etishga bagʻishlangan. Bir necha izotoplar va yangi radioaktiv element — protaktiniyni kashf qilgan (L. Maytner bilan hamkorlikda). Jahonda birinchi boʻlib tabiiy radioaktiv elementlarda yadro izomeriyasi hodisasini (1921), uran yadrolarining neytronlar taʼsirida boʻlinishini topgan (1938, Shtrasman bilan hamkorlikda) (q. Yadro reaщiyasi). Nobel mukofoti laureati (1945).