YAYLOV

YAYLOV — chorva mollari erkin (haydab) boqiladigan oʻtzor. Tabiiy va ekma oʻtzorlar mavjud. Tabiiy Yaylovda, asosan, koʻp yillik oʻtlar va chala butalar oʻsadi, madaniy Yaylovga esa bir va koʻp yillik dukkakli, boshoqli oʻtlar urugʻi aralashtirib ekiladi (q. Madaniy yaylov, Tabiiy yaylov).

Yaylov chorva mollari uchun eng arzon va qimmatli koʻk ozuqa manbai. Mollar Yaylovda boqilganda bogʻlab (ogʻilda) parvarish qilinganiga qaraganda mahsuldorligi 25—40% ortadi, mahsulotining sifati yaxshilanadi.

Geografik zonallik va vertikal zonallik qonuniyatlariga qoʻra, shim. dan janubga tomon va tekislikdan togʻlarga koʻtarilgan sari oʻt qoplami turi va tabiiyiqlim sharoitlari ham oʻzgarib boradi. Shu sababli Yaylovlar quyidagicha tavsiflanadi: tundra; oʻrmon; oʻrmondasht; dasht; chala choʻl; choʻl; togʻ zonalari (subalp — dengiz sathidan 1800—2800 m balandlikda va alp — dengiz sathidan 2800—3400 m balandlikda) Yaylov lari.

Oʻzbekistonda qoramol, qoʻyechki podalari, ot uyurlari adir va togʻli zonalarda mavsumiy — erta bahordan kech kuzga qadar, tuya, qorakoʻl qoʻylari choʻl zonalarida yil boʻyi Yaylov larda boqiladi. Madaniy Yaylovlar yaratishda Qoraqum, Qizilqum choʻllarida qora saksovul, izen, qandim, qoʻngʻirbosh, chogon, kamforosma kabi choʻlyaylov ekinlari ekiladi. Tabiiy Yaylovlar hosildorligini oshirish uchun ulardan toʻgʻri foydalanish va Yaylovlar holatini yaxshilash choralari koʻriladi. Buning uchun har yili mollar boqiladigan Yaylovlar almashtiriladi; oʻt ham navbat bilan oʻriladi; oʻtzorlar oʻgʻitlanadi; zararli va zaharli oʻtlarga qarshi kurashiladi.

Oʻzbekistonda jami pichanzorlar mayd. 112 ming ga, Yaylovlar mayd. 22,15 mln. ga boʻlib, uning asosiy qismi choʻl va togʻli hududlarda joylashgan, shundan 19,4 mln. ga Yaylov suv bilan taʼminlangan (2001).


Lotin alifbosida maqola: YAYLOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YEVROPA
GEOGRAFIYA
ROSSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты