XANDAQ

XANDAQ — qad. va oʻrta asrlarda shahar, qalʼa, qoʻrgʻon va mudofaa istehkomlarini dushman hujumidan ehtiyot qilish maqsadida ularning tashqi devori yonidan gir aylanasiga qazilgan oʻra, chuqurlik. Odatda, tashqi devorni koʻtarishda loy X. oʻrnidan olingan. Xandaqning eni 5 —6 m dan 30 — 40 m gacha, chuq. 3 — 4 m boʻlib, ichi aksariyat suv bilan toʻlgʻazilgan. Baʼzan X. shoxshabba bilan ihota qilingan. Istehkomga kiradigan yoʻlga osma koʻprik qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida qoʻshin lashkargohga tushganda uning atrofi X. bilan mustahkamlangan. Xandaqning soni dushman qoʻshinining miqdoriga qarab 1 dan 6 tagacha boʻlgan. Koʻp vaziyatlarda Xandaqlar oldiga katta hajmdagi qalqonlar (chapar) qoʻyilgan. Eski oʻzbek tili manbalarida moʻljar, chipjip, choh, oʻr, oʻrgʻarim kabi atamalar Xandaqga maʼnodosh sifatida qoʻllangan.


Lotin alifbosida maqola: XANDAQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TEMURIYLAR
HARBIY SANʼAT
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты