YAKANDOSHLAR

YAKANDOSHLAR — bir urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Bir yillik yoki koʻp yillik oʻtlardan, baʼzan butalardan iborat. Barglari qinli va chiziqsimon yoki silindrsimon yaproqli; baʼzi barglari reduksiyalanib, qinga aylangan. Gullari mayda, koʻrimsiz, toʻgʻri, ikki jinsli, kallaksimon, roʻvaksimon yoki soyabonsimon toʻpgullarga yigʻilgan, shamol yordamida changlanadi. Mevasi koʻp yoki 3 urugʻli koʻsakcha. Yakandoshlarga 8 turkum, 300 ga yaqin tur kiradi. Yakandoshlar moʻtadil va sovuq mintaqalarda, tropiklarning baland togʻlarida koʻpincha zax, botqoq joylarda oʻsadi.


Lotin alifbosida maqola: YAKANDOSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sherali Jo'rayev - Do’st bo’lsang yonimda tur
OKEAN
YAKAN
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты