XANIKOV Nikolay Vladimirovich

XANIKOV Nikolay Vladimirovich (1819.24.10, Kaluga gubernyasining Lixvinsk uyezdi — 1878.3.11, Parij yaqinidagi Rambulye) — maxsus topshiriq bilan Buxoro amirligiga yuborilgan rus geografi, sharqshunosi va diplomati. Sarskoye Selodagi litsey (1836)ni tugatib sharq tillari (asosan, arab va fors) ni mustaqil oʻrgangan. Perovskiy ekspeditsiyasi (1839—40) tarkibida Xiva xonligita. qarshi uyushtirilgan harbiy bosqinda qatnashgan va xonlik haqida josuslik maʼlumotlarini toʻplagan. 1841—42 y. larda josuslik niyatidagi Butenev missiyasi tarkibida Buxoro amirligida boʻlgan. Zakavkazye oʻlkasi Bosh boshqarmasining diplomatik kandelyariyasi xodimi (1845—50). Rus geogr. jamiyati Kavkaz boʻlimi rahbari (1850— 54), Tabriz (Eron)da bosh konsul (1854— 57), Xurosonga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya rahbari (1858 — 59). 1860-y. dan umrining oxirigacha Parij va uning atrofida yashagan. X. Turkiston, Buxoro, Eron, Afgʻoniston, Kavkaz xalklari tarixi, etn. si, geof. siga oid koʻplab asarlar yozgan.

As: Opisaniye Buxarskogo xanstva, S. P.6., 1843.

Ld.:Xalfin N. A., Rassadina Ye. F., Xanыkov — vostokoved i diplomat, M., 1977; Istoriya Uzbekistana v istochnikax i soobщyeniyax puteshestvennikov i uchenыx (20 — 80e. godы XIX), T., 1990; Gʻaniyev I., Mustanov K., Turkiston va N. V. Xanikov, Buxoro, 1995.


Lotin alifbosida maqola: XANIKOV Nikolay Vladimirovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
TOSHKENT
BUTENEV MISSIYASI
TARIX
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты