YAKANTOVUQ

YAKANTOVUQ, oʻrmon loyxoʻragi — rjankasimonlar (loyxoʻraklar) oilasiga mansub qush. Gavdasining uz. 35 sm ga yaqin. Rangi uni oʻrmon toʻshalmasi ustida koʻzga tashlanmasligiga imkon beradi. Yevrosiyoning oʻrta mintaqalaridagi aralash va keng bargli botqoqlashgan oʻrmonlarda yashaydi. Erkagi bahor kunlari ertalab va kechqurunlari sayraydi. Koʻzi boshining keyingi qismiga va tepaga birmuncha surilgan; — tumshugʻi uzun va baquvvat boʻlib, oʻrmon toʻshalmasi ostidan oziq qidirishta moslashgan. Turli umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Sport maqsadida ovlanadi. Oʻzbekistonda qushlar uchib oʻtish davrida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: YAKANTOVUQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
FRANSIYA
Xo'ja guruhi - Bahor
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты