YAKKABOGʻ

YAKKABOGʻ — Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi shahar (1978 yil dan), tuman markazi. Viloyat markazi (Qarshi) dan 95 km sharkda. T. y. stansiyasi. Aholisi 22,3 ming kishi (2003). Paxta tozalash, gʻisht zdlari, MTP, toʻqimachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Oʻzbekiston — Germaniya «Yakkabogʻteks» qoʻshma korxonasi bor. 5 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa, sport maktablari, litseyinternat, 3 kasb-hunar kolleji, 3 kutubxona, shahar madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. 2 kasalxona, markaziy va tish davolash poliklinikalari, tugʻruqxona, dorixonalar, paxta tozalash z-di profilaktoriysi aholiga xizmat koʻrsatadi. Yakkabogʻ bilan qoʻshni tuman markazlari va Qarshi shahri orasida avtobuslar qatnaydi.


Lotin alifbosida maqola: YAKKABOGʻ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
YAPONIYA
QORAQALPOGʻISTON
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты