YAKKABOGʻ ADIRI

YAKKABOGʻ ADIRI — Hisor tizmasining jan. gʻarbiy tarmoqlaridan Xontaxta, Beshnav, Eshakmaydon, Osmontarosh togʻlarining gʻarbida (Qashqadaryo viloyatida) joylashgan adir. Gʻarbiy chekkasi allyuvialprolyuvial tekislik bilan qoʻshilib ketgan. Adir jan. gʻarbdan shim. sharqqa 50 km ga choʻzilgan. Shim. dan Oqsuv daryosi bilan chegaralangan. Balandligi gʻarbdan sharqqa koʻtarila boradi va 1400 m dan ortadi. Tanxozdaryo va Qizildaryolarning irmoqlari, quruq soilar, jarliklar bilan zich kesilgan. Suvayirgʻich qismlari baʼzi joylarda tekislangan yuzalardan iborat. Tektonik jihatdan antiklinal struktura boʻlib, yangi tektonik harakatlar natijasida shakllangan. Paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr konglomeratlari, qumtoshlari, qum aralash shagʻal toshlar va lyosslardan tashkil topgan. Iqlimi kontinental, yozi issiq, quruq. 400—500 mm dan ziyod yogʻin tushadi. Qor qoplamining qal. 5—7 sm ga yetadi. Boʻz tuproqlar tarqalgan, asosan, efemer va turli buta oʻsimliklari oʻsadi, asosan, yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YAKKABOGʻ ADIRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QASHQADARYO VILOYATI
POMIR
SHIMOLIY AMERIKA
TYANOʻPAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты